15:27 / 22.07.2015
3924

O‘zbekiston yo‘llaridagi o‘lim holatlari: 100 ming kishiga 11.32 o‘lim to‘g‘ri kelmoqda

O‘zbekiston ko‘chalarida o‘lim bilan yakunlangan YTH statistikasi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, har 100 ming kishiga 11.32 o‘lim holati to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan yo‘l xavfsizligi auditiga bag‘ishlangan tadbirda aytildi.
Tadbir YeI bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “TRASeKA – Yo‘l harakati xavfsizligi II” loyihasi doirasida tashkillashtirildi.
“Jahon” axborot agentligining ma'lumot berishicha, serbiyalik ekspert Deyan Yovanov, O‘zbekistonda bu borada mintaqa bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar qayd qilingan.
“Yo‘l-transport hodisalarida har 100 ming kishiga 11.32 o‘lim holati to‘g‘ri kelmoqda. Bu yomon natija emas, ammo, masalan, Shvetsiyada bu ko‘rsatkich 3ga teng, shu bois sohani yanada takomillashtirsa bo‘ladi”, – dedi mutaxassis.

Top