Jahon | 20:59 / 22.07.2015
2343
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti ma'muriyatining sobiq boshlig‘i korrupsiyada gumon qilinib hibsga olindi

Qirg‘iziston prezidenti ma'muriyatining sobiq boshlig‘i Doniyor Narimboyev korrupsiya ishiga aloqadorlikka gumon qilinib hibsga olindi, deb xabar bermoqda “Novosti” axborot agentligi.

“22 iyul kuni Narimboyev bosh prokuraturaga so‘roqqa chaqirilgan. So‘roq paytida u Xojimurod Ko‘rqmasov bilan yuzma-yuz uchrashtirilgan. Shu kunning o‘zida Doniyor Narimboyev Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining korrupsiya, pora undirish, ma'sul lavozimni egallagan shaxs tomonidan mansab lavozimini suiiste'mol qilish moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinib hibsga olindi”, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston bosh prokuraturasi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Narimboyev va parlament deputati Ko‘rqmasov Bishkekning sobiq meri Narimon Tuleyevning qizidan sobiq merning mol-mulkini jinoiy ish bilan bog‘liq holda musodara qilishning bekor qilinishi uchun 200 ming dollar pora talab qilganlar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish