11:49 / 22.07.2015
2602

Qonunchilik Palatasi farmatsevtikani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida dori vositalari va farmatsevtika faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirishga bag‘ishlanangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qo‘mita raisi Yo. Umarov mamlakatda tibbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ta'minlash va salomatligini muhofazalashga xizmat qilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

1997 yilda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonun bu sohadagi ishlarni tashkil etishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yig‘ilishda ta'kidlanishicha, mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda 2 turdagi dori vositalari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 49taga yetdi.
Shuningdek, tadbirda soha bo‘yicha milliy qonunchilikni rivojlantirishda xalqaro tajribadan unumli foydalanish borasida fikr almashildi.

Top