02:58 / 22.07.2015
7228

Qozog‘iston YeOII hududidagi eng kam inflyatsiya darajasiga ega davlat ekanligi ma'lum bo‘ldi

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi statistika departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududidagi eng kam inflyatsiya darajasiga ega davlat ekanligi ma'lum bo‘ldi. Eng katta inflyatsiya darajasiga Rossiya egaligi aniqlangan.

Armanistonda bir yil ichida inflyatsiya 5,5 foizni, Qirg‘izistonda 4,5 foizni tashkil qilgan. Eng kam inflyatsiya Qozog‘istonda bo‘lib, u 3,9 foizni tashkil qilgan.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, eng katta inflyatsiya darajasi Rossiyada qayd etilgan. Bu yerda bir yil ichida (2014 yil iyun-2015 yil iyun) mahsulot va xizmatlar narxi 15,3 foizga oshib ketgan. 13,2 foizlik inflyatsiya darajasi bilan Belarus 2-o‘rinni egallamoqda,

Qozog‘iston va Belarusda pullik xizmatlar narxi mos ravishda 4,4 va 21,6 foizga oshgan. Rossiyada esa oziq-ovqat mahsulotlari narxi 18,8 foizga oshgan. Armaniston va Qirg‘izistonda nooziqaviy mahsulotlar narxi mos ravishda 6,9 va 8,9 foizga ko‘tarilgan.

Top