Jamiyat | 14:32 / 22.07.2015
2004
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya migratsion xizmati Ukraina fuqarolari uchun yengillik berishda davom etadi

Rossiya federal migratsiya xizmati Ukrainadan ko‘chayotganlar uchun preferensiyalar taqdim etish muddatini yanada uzaytiradi. Bu haqda idora rahbari Konstantin Romodanovskiy ma'lumot berdi.
“Ukraina ichki inqirozi munosabati bilan 2015 yil 1 avgustga qadar Ukraina fuqarolari uchun mamlakatga kirish va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq preferensiyalar ko‘zda tutilgan. Lugansk va Donetskdagi harbiy harakatlarda jabr chekkanlar uchun ushbu muddatni yanada uzaytirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, – dedi Romodanovskiy.
Ukrainaning boshqa fuqarolari esa Rossiyada 90 kun bo‘lishi mumkinligi aytildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish