Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Spiker: AQSh kongressmenlari Eron bo‘yicha kelishuvni rad etish uchun barcha imkoniyatlarni amalga oshiradilar
AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Jon Beyner AQSh kongressmenlari Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni rad etish uchun barcha imkoniyatlarni amalga oshiradilar, deb aytmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Beynerning ta'kidlashicha, Eron bilan atom bo‘yicha kelishuvning imzolanishi AQSh xalqi xavfsizligiga xavf soladi va bu xavfning avj olishini to‘xtatish uchun barcha choralarni amalga oshirish zarur.
Beynerning aytishicha, 22 iyul kuni kongressmenlar AQSh prezidenti jamoasi bilan uchrashuv paytida Eron kelishuvi bo‘yicha “qiyin savollar berish”ni mo‘ljallashmoqda. Konressdagi ko‘pchilik qonun chiqaruvchilar kelishuvga qarshi ovoz beradilar, deb ishonmoqda Beyner.
Avvalroq Eron yadroviy dasturi bo‘yicha harakatlar rejasi AQSh kongressiga ko‘rib chiqish uchun kelib tushgani ma'lum qilingandi.