Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:01 / 22.07.2015
3220
1 daqiqa o‘qiladi
Teylor Svift MTV Video Awards’dagi nominatsiyalar soni bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi
MTV telekanali 2015 yil uchun MTV Video Awards mukofotiga nomzodlarni e'lon qildi. Qo‘shiqchi Teylor Svift biryo‘la 9ta nominatsiya bo‘yicha nomzod bo‘ldi.
Undan keyingi natijani Ed Shiran ko‘rsatdi – uning hisobida 6 nominatsiya bor.
Mukofot topshirish marosimi telekanal orqali 30 avgust kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Bu yilgi marosimga Mayli Sayrus boshlovchilik qiladi.