Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bir haftada issiqdan 14 kishi o‘ldi, 6 ming kishi zarar ko‘rdi
Yaponiyada oxirgi hafta ichida issiq urishidan 6 ming kishi xastalandi, ulardan 14 nafari shifoxonaga ketayotganida vafot etdi. Bu haqda mamlakat o‘t o‘chirish boshqarmasiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, hisobot davrida 6 165 kishi issiqlik urishidan shikoyat qilib tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Bu bir hafta oldingidan ikki barobarga ko‘pdir – o‘shanda yordam so‘rab murojaat qilganlar soni 3 190 kishini tashkil qilgan edi.
Ayni paytda mamlakatda havoning o‘rtacha harorati 37 darajani tashkil qiladi.