22:50 / 23.07.2015
3033

2015 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 14315 nafar foydalanuvchi a'zo bo‘ldi

2015 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yilning birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakili, kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas'ul mutaxassislar ishtirok etishdi.

2015 yilning birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy kutubxonasining umumiy fondi - 7 mln.dan ziyod nusxani (shundan bosma fond 6.6 mln, elektron ko‘rinishdagi resurslar -357 000 nusxadan ziyodni tashkil etadi);

Bu vaqt ichida foydalanuvchilari soni – 108 233 nafarga yetib, hisobot davrida kutubxonadan 14315 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi. O‘tgan davr mobaynida foydalanuvchilarning tashrifi – 416 081 marotabani tashkil etdi, shundan 33 886 tasi kutubxona vebsaytidan foydalangan.

2015 yil birinchi yarim yilida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 154ta turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi, shulardan 88tasi madaniy-ma'rifiy tadbirlar, 40ta muhim va unutilmas sanalar va shaxslarga oid, 22 kutubxonaga kelib tushgan yangi adabiyotlar va 4ta rasmlar va amaliy san'at asarlari ko‘rgazmasi hisoblanadi.

Top