O‘zbekiston | 08:48 / 23.07.2015
10021
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston turkmanlari "IShID" va Tolibonga qarshi mustaqil kurash olib boradi

Afg‘oniston shimolida istiqomat qiluvchi turkmanlar Tolibon va IShID jangarilariga qarshi kurashni mustaqil davom ettiradi. Ular yaqinda tashkil topgan hazoralar va o‘zbeklar koalitsiyasiga qo‘shilish taklifini rad qildilar.

Turkman otryadlari qo‘mondonlari koalitsiya tarkibiga qo‘shilgan taqdirda mustaqil harakat qilish imkoniyatini qo‘ldan boy berishdan qo‘rqmoqda.

Koalitsiya Afg‘oniston prezidentining o‘rinbosari, mahalliy o‘zbeklar yetakchisi Abdulrashid Do‘stum hamda Balx hokimi Ato Muhammad Nur tomonidan tashkil qilindi. Hazoralar yetakchisi Hoji Muhammad Muhaqqiq koalitsiyaga keyinroq qo‘shildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish