15:31 / 23.07.2015
3053

Alp tog‘larida mashg‘ulot o‘tkazayotgan Germaniyaning 16 nafar harbiysini chaqmoq urdi

Germaniyaning Garmish-Partenkirxen shahri yaqinidagi Alp tog‘larida mashg‘ulot o‘tkazayotgan 16 nafar germaniyalik harbiylar chaqmoq urishidan zararlandi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lum qilgan.

Jala boshlangan vaqtda yuzga yaqin harbiylar palatka qurishdi. Chaqmoqdan zararlangan 3 nafar harbiy yaqin oradagi shifoxonaga yotqizildi, qolganlarga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Voqea joyiga 17ta tez yordam mashinasi hamda qutqaruv xizmatining vertolyoti yetib keldi. 

Top