21:26 / 23.07.2015
4979

Amerikaning eng yaxshi 100ta filmi nomi e'lon qilindi

BBC dunyodagi eng mashhur 62 nafar tanqidchilarni yig‘ib, tarixdagi 100 ta eng yaxshi Amerika filmi nomini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Birinchi o‘rinni Orson Uellsning 1941 yilda suratga olingan “Fuqaro Keyn” filmi egalladi. To‘liq ro‘yxat teleradiokompaniyaning saytida e'lon qilingan.

Ikkinchi o‘rinni Frensis Ford Kopollaning “Cho‘qintirgan ota”, uchinchi o‘rinni “Esankirash” filmi oldi. Shuningdek, birinchi 5talikka Stenli Kubrikning “2001: Fazoviy odisseya” va Jon Fordning “Izlovchilar” kartinalari kirdi.

Reytingga bir yo‘la 5ta kartinasi kirgan rejissyorlar safida Xichkok hamda Kubrikdan tashqari Stiven Spilberg va Fridrix Vilgelm Murnau ham o‘rin egalladi. 

Top