21:45 / 23.07.2015
2154

Benteke belgiyalik o‘yinchilar orasida eng qimmatbaho futbolchi bo‘ldi

“Aston Villa”ning sobiq hujumchisi Kristian Benteke “Liverpul” safiga 46,2 million yevroga o‘tishi bilan Belgiya futboli tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylandi, deb xabar bermoqda Voetbal Nieuws nashri.

24 yoshli hujumchining transfer summasi yurtdoshlari – “Benfika”dan “Zenit”ga o‘tgan Aksel Vittsel va “Lill”dan “Chelsi”ga o‘tgan Eden Azarnikidan ko‘proqni tashqil qildi, bu o‘yinchilar 2012 yilda o‘zlarining yangi klublariga 40 mln yevro evaziga o‘tganlar.

Top