Jahon | 11:04 / 23.07.2015
3573
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya Iroqqa "IShID"ga qarshi kurashishi uchun 260 tonna o‘q-dori jo‘natadi

"IShID" jangarilariga qarshi kurashda foydalanishi uchun Iroq hukumatiga Chexiya tomonidan tekinga 260 tonna o‘q-dori yuboriladi. Bu haqda Chexiya Tashqi ishlar vaziri Lubomir Zaoralek o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

"Bugun Chexiya hukumati Iroqqa jangarilarga qarshi kurashishi uchun harbiy yordam sifatida o‘q-dori jo‘natish haqida qaror qabul qildi", deb yozadi Zaoralek.

Ayni vaqtda Chexiya o‘z armiyasini G‘arb tomonidan yetkazilgan qurollar bilan ta'minlagan va Iroqqa o‘tgan asrdan qolgan, zaxiradagi o‘q-dorilar jo‘natilishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish