21:20 / 23.07.2015
13298

Dunyodagi eng dindor mamlakatlar aniqlandi

Mutaxassislar dunyodagi eng dindor mamlakatlarni aniqlash maqsadida tadqiqot olib borishdi. Unda oltmish besh mamlakatdan oltmish to‘rt ming nafar ishtirokchi jalb qilindi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Tailanddan 94% odam o‘zini dindor va faqat 1% odam o‘zini hech qaysi dinga mansub emasligini e'tirof etishdi. Keyingi o‘rinlarda Marokash, Bangladesh va Armaniston kabi mamlakatlar turibdi. Mutaxassislar bergan ma'lumotga ko‘ra, eng ko‘p dahriylar Chexiyada 23%, Yaponiyada 13%, Shvetsiyada 19% va Xitoyda 7% ekani aniqlandi.

Azizxon HAKIMOV tayyorladi

Manba: Muslim.uz

Top