21:54 / 23.07.2015
2320

Eron Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdoni yo‘lga qo‘yishni mo‘ljallamoqda

Eron Butunjahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish va Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo hududi yaratish bo‘yicha kelishib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron sanoat vaziri Muhammad Ne'matzoda ma'lum qildi.

Ne'matzodaning ta'kidlashicha, Eron Yevropa sarmoyalariga qiziqish bildirmoqda va Yevropaning energiya zaxiralari bozoriga chiqishni mo‘ljallamoqda.

Avvalroq Rossiya va Eron Rossiya kompaniyalarining Erondagi neft-gaz loyihalarida ishtirok etishini muhokama qilishlari ma'lum qilingandi.

Top