Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada chim ustida xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasida chempionat o‘z yakuniga yetdi
Farg‘onada chim ustida xokkey bo‘yicha 21 yoshdan kichik yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi. Chempionatda 5 ta jamoa ishtirok etdi.
Eng ko‘p ochko to‘plagan Andijon viloyati jamoasi chempionat g‘olibi bo‘ldi. 2- va 3-o‘rinlarni “Farg‘ona azot” va Samarqand Olimpiya zaxiralari bolalar va yoshlar ixtisoslashgan maktabi jamoalari bo‘lishdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan mamlakat terma jamoasi tarkibi shakllantirildi. Osiyo chempionati otkyabrda Bangladeshda bo‘lib o‘tadi.