22:53 / 23.07.2015
2384

Financial Times gazetasi Yaponiya kompaniyasiga sotildi

Pearson kompaniyasi Britaniyaning Financial Times gazetasini Yaponiyaning Nikkei mediaxoldingiga 1,32 mlrd dollarga sotishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

Pearson’da Britaniyaning yetakchi nashrini sotish uchun ideal payt kelgan deb hisoblashmoqda. Kompaniya yaqinda ta'lim bilan bog‘liq adabiyotlarni sotish bo‘yicha yetakchiga aylandi va o‘zining rivojlanish strategiyasini aynan shu faoliyat turiga qaratmoqchi.

Avvalroq Pearson kompaniyasi Financial Times nashrini sotish bo‘yicha Germaniyaning Axel Springer va Yaponiyaning Nikkei mediaxoldinglari bilan muzokaralar olib borayotgani ma'lum qilingandi, shu bilan birga nemis kompaniyasi kelishuvga erishishga yaqinroq turgani ta'kilanayotgan edi.

Top