Sport | 15:14 / 23.07.2015
1919
1 daqiqa o‘qiladi

Galledagi boks musobaqasida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi

22 iyul kuni Germaniyaning Galle shahridagi “Maritim Hotel” kompleksining sport zalida boks bo‘yicha 42 – xalqaro “Kimyogarlar kubogi” musobaqasining 2-kuni o‘tkazildi.

49 kg.gacha bo‘lgan jangda o‘zbekistonlik bokschi Do‘smatov Hasanboy koreyalik Kimom Vonxvoni 1-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi. Hojiboyev Burgut (60 kg.gacha) germaniyalik Edshe Gashini,  Madrimov Isroil (69 kg.gacha) gollandiyalik Uter Jokikni hamda Jalolov Bahodir germaniyalik Florian Shultsni (+91 kg) mag‘lub etdi. Barcha uchrashuvlar o‘zbekistonlik 2:1 hisobida o‘zbekistonlik bokschilar foydasiga hal bo‘ldi.

Bundan tashqari, G‘iyosov Shahram (64 kg.gacha) germaniyalik Eyjyen Daxintenga 0:3 hisobida hamda Mahkamov Zuhriddin (81 kg.gacha) mongoliyalik Sandagsuren Erdenbayarga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish