Sport | 08:18 / 23.07.2015
1930
1 daqiqa o‘qiladi

Lebron Jyeyms Warner Bros. bilan hamkorlik qiladi

“Klivlend” basketbol jamoasining mashhur hujumchisi Lebron Jyeyms va uning SpringHill Entertainment kompaniyasi Warner Bros. Entertainment kinokompaniyasi bilan shartnoma imzoladi, deb darak beradi Hollywood Reporter.

Xabarda aytilishicha, basketbolchi studiyaning kino va teleloyihalarida ishtirok etadi.

Jyeyms “O‘yindan ortiqroq” (2008) filmida bosh rolni ijro etgan va ayni paytda unga o‘zi prodyuserlik qilgan. Kartina syujyeti Lebronning va uning to‘rt nafar o‘rtog‘ining hayotiga bag‘ishlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish