09:59 / 23.07.2015
4361

Minglab amerikaliklar Nyu-Yorkda Eron bilan kelishuvga qarshi namoyish o‘tkazishmoqda

Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi aholi vakillari shahardagi Taym-skver maydoniga Eron va "oltilik" mamlakatlari o‘rtasida eronliklarning yadroviy dasturi bo‘yicha imzolangan kelishuvga qarshi ruhdagi namoyish uyushtirish uchun to‘planishdi.

Assosheyted Press nashrida yozilishicha, maydondagi minglab kishilar qo‘llarida bu kelishuvdan noroziligini ifodalovchi shiorlar yozilgan banerlarni ko‘tarib olishgan.

Miting ishtirokchilari "Eron poygasini to‘xtating" va "Kelishuv bekor qilinsin" kabi xitoblar bilan chiqishmoqda.

Miting tashkilotchilarning bildirishicha, rasmiy Vashington bu kelishuv orqali Eronga yadro qurolini yaratish imkonini beradi va butun dunyoga terror xavf solishiga yo‘l qo‘yadi.

Top