Jahon | 16:28 / 23.07.2015
2493
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi savdo markazidagi yong‘in tufayli 4 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

Moskva shahrining shimoli-sharqidagi savdo markazida chiqqan yong‘in tufayli 4 ming nafarga yaqin kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda TASS nashri Rossiya FVV matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar bergan.

Boshqarmada ma'lum qilinishicha, Dvintseva tor ko‘chasidagi savdo binosining birinchi qavatida ro‘y bergan. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar bino ma'muriyati 4 mingga yaqin kishini evakuatsiya qilgan.

"Yong‘in 10 metr kv maydonga zarar yetkazgan. Ayni vaqtda olov butunlay bartaraf etilgan, jarohat olganlar yo‘q", deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, o‘t o‘chiruvchilar hududda tutunga qarshi vositlarni qo‘llashgan. Ayni vaqtda xodimlar o‘z joylariga qaytishgan. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish