Texnologiya | 18:42 / 23.07.2015
2074
1 daqiqa o‘qiladi

Motorola G’ning yangi versiyasi suvdan himoyalangan bo‘ladi

Motorola G seriyasidagi yangi smartfonning tarmoqlarda paydo bo‘lgan suratidan qurilmaning korpusi IPx7 standartiga javob berishi taxmin qilinmoqda. Bu smartfon yomg‘ir yoki suvga tushib ketgan holatda ham ishlashini anglatadi.

Smartfon 5 dyuymli ekran, 1 GB tezkor xotira, shuningdek, 1,4 GGts taktli chastotada ishlaydigan 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 410 protsessori, 5 Mpli old hamda 13 Mpli asosiy kameraga ega. U Android 5.1.1 operatsion tizimida ishlaydi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish