Jahon | 08:45 / 23.07.2015
2195
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada 150 nafar xitoylik o‘rmonlarni kesgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Myanma shimolidagi Kachin shtatidagi Michin shahri sudi Xitoyning 153 nafar fuqarosiga nisbatan mamlakat o‘rmonlarini kesgani uchun umrbod qamoq jazosini tayinladi. Yana 2 nafar voyaga yetmagan xitoylikka 10 yildan qamoq jazosi tayinlangan. Bu haqda Reyter nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hukm qilinganlar apellyatsiya bilan murojaat qilishlari mumkin. Xitoyning Yangon shahridagi elchixonasi va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bu masala yuzasidan hozircha izoh bermagan.

Xitoy va Myanma chegarasi tez-tez xitoylik kontrabandachilar tomonidan buzib o‘tilishi kuzatiladi. O‘tgan yilda chegarachilar Xitoyga olib o‘tilayotgan jami 10 tonna miqdoridagi noqonuniy yukni to‘xtatib qolishgan. Bundan tashqari, bu hududda Myanma hukumati va "Kachin ozodlik armiyasi" milliy kuchlari o‘rtasida nizo mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish