01:45 / 23.07.2015
2261

Olma-otaning ming yillik yoshi YuNeSKO tomonidan rasman tasdiqlandi

BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNeSKO) Olma-ota shahrinining 1000 yilligining nishonlanishini yubiley sanalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda tarix fanlari doktori, akademik Karl Baypakov jurnalistlarga ma'lum qildi.

Qozog‘istonning janubiy poytaxti Olma-otaning yubileyini nishonlash sanasi hozircha belgilanmagan, biroq tegishli tadbirlar keyingi yilda o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda.

Baypakovning fikricha, Olma-ota shahri ming yillik tarixga egaligining tan olinishi bilan “shahar eng yirik sayyohlik bo‘g‘inlaridan biriga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi”. Olim shaharning saklarning Yettisuv davlatining hududi bo‘lganidan darak beruvchi ko‘plab yodgorliklarni diqqatga sazovor joylar sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlarga namoyish qilish mumkinligini ta'kidlamoqda. Misol uchun, bunga Olma-otada olib borilgan qazilma ishlarida qimmatbaho metalldan yasalgan qurol-yarog‘lar kiyib olgan sak jangchisining qoldiqlari sayyohlarga namoyish qilinishi mumkin. Dunyoga “oltin odam”kabi tanilgan ushbu arxeologik topilma miloddan avvalgi V-VI asrlarga tegishliligi aniqlangan.

Top