O‘zbekiston | 14:41 / 23.07.2015
2587
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hamda AQSh silga qarshi kurash borasida hamkorlik qiladi

Doktor Aleks Golubkov boshchiligidagi AQSh xalqaro rivojlanish agentligining sog‘liqni saqlash guruhi O‘zbekistondagi Silga qarshi kurashish milliy dasturi direktori Mirzog‘olib Tillashayxov bilan uchrashdi.

Doktor Golubkov silga qarshi yangi Bedakvilin Bedakvilin (Bedaquiline) dorisini donorlik dasturi doirasida beg‘araz ko‘rinishda olish mumkinligini ma'lum qildi.

USAID O‘zbekistonda silga qarshi kurash borasida yangi tavsiyalar beradi.  USAID bilan hamkorlik turli ko‘rinishdagi sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolashda samarali hamda eng zamonaviy davolash usullaridan foydalanish imkonini beradi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish