Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 16:24 / 23.07.2015
4107
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistondagi bog‘chalarda bolalarni yarim kun vaqtga qabul qiladigan guruhlar paydo bo‘ldi
O‘zbekistondagi maktabgacha ta'lim muassasalarida odatdagi kabi to‘liq kun emas, yarim kun vaqtga qabul qiladigan guruhlar paydo bo‘ldi.
Xalq ta'limi vazirligi tomonida joriy etilayotgan ushbu yangilikdan maqsad maktabgacha ta'lim muassasalariga qatnovchi bolalar sonini oshirish hisoblanadi.
Xalq ta'limi vazirligi 2020 yilda bog‘chaga qatnaydigan bolalar sonini ikki barobar oshirmoqchi.
Hozirda bolalarni yarim kun vaqtga qabul qiladigan bog‘chalar soni 1775 tani, ularda tarbiyalanayotgan bolalar soni 42608 nafarni tashkil qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish