Sport | 19:29 / 23.07.2015
1802
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik velosportchilar Xitoydagi musobaqada Osiyo jamoalari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi

Xitoyda o‘tkazilgan “Tour of Qinghai Lake” velopoygasida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari munosib ravishda ishtirok etdi.

Musobaqada 30 ta davlatdan kelgan 100 nafardan oshiq sportchilar sovrinli o‘rinlar bilan bir qatorda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiadada ishtirok etishni ta'minlaydigan muhim reyting ochkolari uchun ham keskin kurash olib bordi.

O‘zbekiston velosport federatsiyasining ma'lum qilishicha, ko‘p kunlik 2030 km uzunlikdagi trassada bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo jamoalari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, yakka tartibdagi ko‘rinishda Abdullajon Akbarov kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish