22:25 / 23.07.2015
2101

RFI Kapelloga tovon pulini bo‘lib-bo‘lib to‘laydigan bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Rossiya futbol federatsiyasi bilan shartnomaning muddatidan oldin bekor qilinishi bo‘yicha tovon pulini bitta transh bilan ololmaydigan bo‘ldi.

“Sovetskiy sport” gazetasining ma'lum qilishicha, 69 yoshli mutaxassisga 20 mln yevrolik tovon puli bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, RFI tovon pulini sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘la olmagach, uning bosqichma-bosqich to‘lanishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bundan tashqari, Kapello Italiya qonunchiligiga ko‘ra soliqlarni to‘lashdan qochish uchun yil oxirigacha Rossiyada qoladi, chunki agar Kapello Italiyaga ketadigan bo‘lsa unda RFIdan olgan maoshidan 45 foizini soliq ko‘rinishida to‘lashiga to‘g‘ri keladi, Rossiyada esa u faqatgina 13 foiz soliq to‘laydi, xolos.

Top