Fan-texnika | 15:52 / 23.07.2015
4106
1 daqiqa o‘qiladi
Sakramentoda dronlar o‘rtasidagi ilk poyga musobaqasi o‘tkazildi
Sakramentoda (Kaliforniya) uchuvchisiz samolyotlar o‘rtasida birinchi xalqaro poyga musobaqasi o‘tkazildi. Poygada yangi zelandiyalik Ched Novak g‘alaba qozondi. Musobaqaning yutuq jamg‘armasi 25 ming dollarni tashkil qildi.
Dronlar o‘rtasidagi poygalar xobbi bosqichidan o‘tib, sport turi sifatida tan olinishni boshladi. Alohida guruhlar birlashib Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh hamda Avstraliyada o‘zaro musobaqalar o‘tkazishadi. Odatda dron egalari musobaqani aholi yashash joyidan uzoq bo‘lgan hududda o‘tkazadi. Qurilmalarning tezligi 160 km/soatgacha chiqadi.