12:54 / 23.07.2015
3483

Samarqand shahrida 100ta maxsus chiqindi idishlari o‘rnatiladi

Samarqand shahri hokimiyati obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda shahar hududiga chiqindilar to‘plash uchun 100ta maxsus idishlar o‘rnatadi. Bu haqda "Samarkandskiy vestnik" nashrida yozilgan.

Xabarda aytilishicha, bunday idishlar plastmassa, qog‘oz, temir, yog‘och, shisha va boshqa chiqindilarni alohida-alohida yig‘ish uchun mo‘ljallangan.

Ayni vaqtda shaharning 20ga yaqin nuqtasida shunday idishlar jamlangan chiqindi qabul qilish punktlari ishlamoqda.

"Shunday ekan, shahar aholisi chiqindilarni ko‘chaga tashlamasdan, maxsus joylarga keltirishlari kerak bo‘ladi. Axir ko‘chaga tashlangan chiqindilar atrof-muhitga zarar yetkazib, shahar ko‘rinishini buzishi mumkin", deyiladi xabarda.

Top