Sport | 01:25 / 23.07.2015
8474
2 daqiqa o‘qiladi

Sanjar Tursunov: O‘zbekiston to‘ylarining o‘ziga xos jihati - mehmon ko‘p keladi

Ukrainaning "Vorskla" klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov Footclub.com.ua nashri muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda yaqinda bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yi haqidagi savolga javob berdi.

- Toshkentdagi to‘yga Ukrainadan mehmon ko‘p bordimi?
- "Vorskla"dan 7 nafar jamoadoshim mehmon bo‘ldi - Stas Bogush, Sanya Kovpak, Artem Gromov, Oleg Mishenko, Denis Dedechko, Jyeka Tkachuk va Jyeka Budnik. Aytishlaricha to‘y ularga yoqibdi. Ammo bu haqida men hech narsa deya olmayman, ularning o‘zidan so‘ragan ma'qul (kuladi).

- O‘zbekistondagi to‘ylarning o‘ziga xos jihati nimada?
- Umuman olganda, noodatiy hech narsa yo‘q. Faqat bizning to‘ylarda kelin o‘g‘rilash odati yo‘q (kuladi). Umuman olganda, Ukrainadagi to‘ylarda bo‘lmaganman, shuning uchun farqini aytib bera olmayman. Ammo bizdagi to‘ylarning o‘ziga xos jihati - mehmon ko‘p aytilishi bo‘lsa kerak. Masalan mening to‘yimga 650 nafar mehmon keldi...

Manba: uff.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish