16:00 / 23.07.2015
2729

Sergey Lushan va Igor Sergeyev iyun oyi laureatlari deb topildi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g‘olibi aniqlandi. Unga ko‘ra Toshkentning “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Sergey Lushan eng ko‘p ovoz (59) olib, birinchi o‘rinni band etdi. Keyingi o‘rinni 56 ochko olgan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan egalladi. Kuchli uchlikni 50 ochko bilan “Lokomotiv” ustozi Vadim Abramov yakunlab berdi.

O‘tgan oyda 4ta o‘yinda 4ta gol urgan “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeyev iyun oyi laureati bo‘ldi. Terma jamoamiz hujumchisi 47 ochko to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni “Qizilqum” hujumchisi Baxriddin Vahobov band etdi – 40 ochko. “Nasaf” hujumchisi Ilhom Shomurodov 39 ochko bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Top