Sport | 18:03 / 23.07.2015
3923
1 daqiqa o‘qiladi

Sharapova Forbes versiyasiga ko‘ra rossiyalik yulduzlar reytingida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi

Forbes versiyasiga ko‘ra tennischi Mariya Sharapova Rossiyaning shou-biznes hamda sport yulduzlari 50taligida peshqadamlik qilmoqda.

28 yoshli tennischining daromadi bir yil ichida 24,4 mln.dan 29,7 mln dollarga o‘sdi. Bu qolgan 49 nafar ishtirokchi daromadining 20 foizini tashkil etadi.

Sport vakillaridan ilk 10talikka xokkeychilar Aleksandr Ovechkin (4-o‘rin, daromadi 12 mln dollar) hamda Yevgeniy Malkin (7-o‘rin, daromadi 9,9 mln dollar) joy olgan.

Shuningdek, reytingga futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi a'zolari – Aleksandr Kokorin (5,9 mln dollar) hamda Igor Akinfeyev (2,5 mln dollar)  kiritildi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish