07:11 / 23.07.2015
14040

Taniqli rejissyor Alisher Hamdamov vafot etdi

22 iyul kuni Toshkentda taniqli kinorejissyor Alisher Hamdamov 72 yoshida olamdan o‘tdi.
Alisher Hamdamov 1942 yili Andijonda tug‘ilgan. 1973 yili o‘qishni tamomlagan, 1989 yili kinematografiyachilar uyushmasiga a'zo bo‘lgan.

Multiplikatsiyada rejissyor va ssenariynavis sifatida, shuningdek, O‘zbekiston hujjatli filmlar studiyasida ishlagan. “Nashtar” kinojurnali uchun satirik syujyetlar tasvirga olgan. Ko‘plab to‘la metrajli badiiy filmlar va seriallar muallifi.

Uning eng mashhur kartinalaridan biri taniqli yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Qasoskorning oltin boshi” romani asosida 1988 yili olingan shu nomdagi filmdir. Kartina 1905 yilda Samarqandda Rossiya imperiyasi ma'muriyatiga qarshi kurashgan “o‘zbek Robin Gudi” – Namoz Pirimqulovning sarguzashtlariga bag‘ishlanadi.

Top