19:28 / 23.07.2015
2657

Toshkentda 151 nafar yetim bola turar joyi bilan ta'minlanmayapti

Toshkent shahridagi yetimxonalarda tarbiyalangan va 17 yoshdan oshgach, mustaqil hayotga yo‘llanma berilgan 175 nafar yetim hamda boquvchisini yo‘qotgan bolalarning 150 nafardan ortig‘i boshpanasiz qolmoqda.

Vazirlar Mahkamasining maxsus qaroriga binoan 17-23 yosh oralig‘idagi bu yetim va boquvchisini yo‘qotgan bolalar turar joy bilan ta'minlanishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

"Inson va qonun" gazetasida yozilishicha, hukumatning bu qarori ijrosi to‘la ta'minlanmagan.

Ma'lum bo‘lishicha, 175 nafar boladan 31 nafariga boshpana topib berilgan, lekin ulardan 7 nafari yangi turar joyidagi sharoitlardan qoniqmagan va yetimxonalarga qaytib kelgan.

Top