O‘zbekiston | 00:55 / 23.07.2015
3439
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

Joriy yilning 22 iyul kuni "Shodlik Palace" mehmonxonasining anjumanlar zalida O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan respublika bosma OAV da faoliyat yuritib kelayotgan jurnalistlar uchun mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rniga qaratilgan mavzuda o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining "Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limi" mas'ul xodimi Usmonov G‘ofurjon Shavkatovich "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga doir islohotlar samaralari" mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Ushbu seminarni o‘tkazishdan maqsad sohaga oid yangiliklar, ma'lumotlar bilan OAV vakillarini batafsil xabardor qilish hamda bosma nashrlarda sohaga oid ma'lumotlarni yoritishda e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar xususida soha mutaxassislari tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar-treningda jurnalistlar sohada faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislarning mavzuga oid ma'ruzalarini tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha kerakli ma'lumotga ega bo‘ldilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish