18:08 / 23.07.2015
4217

Xitoydagi suv toshqinlari natijasida 900 mingdan ortiq kishi jabrlandi

Xitoy markazidagi Xunan, sharqiy Xitoydagi Futszyan va janubiy Xitoydagi Guandun viloyatlarida kuchli yomg‘ir natijasida kelib chiqqan suv toshqinlari oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi bedarak yo‘qoldi. Xitoy markaziy televideniyesi ma'lumotiga ko‘ra, 23 iyul kuni ushbu hududlardan 151 ming 400 kishi evakuatsiya qilingan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 917 ming 200 kishini tashkil etmoqda.
Suv toshqinlari 3200dan ortiq uylarni vayron qilgan va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 19,8 gektar maydonga zarar yetkazgan.

Mahalliy hukumat aholini yer ko‘chishlari ehtimolidan ogohlantirgan. Hududlarda daryolar va suv omborlarida suv yo‘liga to‘siqlar o‘rnatilmoqda.

Top