Jamiyat | 01:04 / 23.07.2015
3505
2 daqiqa o‘qiladi

Xotdogni tez yeyish bo‘yicha chempion 35 daqiqa ichida 5,7 litr muzqaymoq yedi

2015 yilning xotdoglarni tez yeyish bo‘yicha chempionati g‘olibi Mett Stouni 35 daqiqa 40 soniya ichida 12 pinta (5,7 litr) muzqaymoq yedi. Bu haqda Mashable portali xabar bermoqda. Ben and Jerry's ishlab chiqargan bu miqdordagi muzqaymoqda 13,4 ming kaloriya mavjud.

Odatda yeguliklar yeyish bo‘yicha vazifalarni oson bajaradigan Stouni bu gal, ko‘rinishicha, jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi, deb ta'kidlamoqda nashr va bitta standart pintadan ko‘p muzqaymoq yemaslikni tavsiya qilmoqda.

23 yoshli Stouni diyetolog bo‘lishni rejalashtirmoqda. U turli oziq-ovqat mahsulotlarini tez yeyish bo‘yicha rekordlar o‘rnatadi. Misol uchun, u 5 daqiqa ichida 182 tilim bekonni yeya olgan. Shu oy boshida rekordchi xotdog yeyish bo‘yicha Nathan's International Hot Dog Eating Contest nufuzli tanlovida 10 daqiqa ichida 62 ta xotdog yeb, "Jag‘lar" laqabiga ega sakkiz karra chempion Joui Chestnatni yutishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Stouni bor-yo‘g‘i 54 kg vaznga ega.