Texnologiya | 21:05 / 23.07.2015
2157
1 daqiqa o‘qiladi

ZTE ishoralar bilan boshqariladigan "aqlli" soatni taqdim etdi

Xitoyning ZTE kompaniyasi ishoralar bilan boshqariladigan Axon Watch "aqlli" soatlarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Engadget.

Axon Watch’ning ko‘rinishi oddiy analog soatga o‘xshaydi. Biroq unga 1,4 dyuymli AMOLED displey o‘rnatilgan. Soat Tencent operatsion sistemasida ishlaydi. U 512 MB tezkor hamda 4 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Unga 300 mA/soat quvvatga ega bo‘lgan akkumulyator o‘rnatiladi.

Hozirda Axon Watch faqatgina Xitoyda sotuvga chiqqan va kompaniya gadjyetning xorijda ham sotuvga chiqishi haqida ma'lumot bermagan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish