11:45 / 24.07.2015
4569

2015 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda yo‘l qurilishi va ta'mirlash ishlari uchun 672,2 mlrd so‘m sarflangan

2015 yilning 22 iyul kuni “O‘zavtoyo‘l” DAK majlislar zalida kompaniya boshqaruvining 2015 yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo‘linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni kompaniya boshqaruv raisi A.Abduvaliyev olib bordi.

Yig‘ilishda ta'kidlanganishicha, 2015 yilning birinchi yarim yilligi davomida umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida tizim korxonalari tomonidan jami 672,2 mlrd. so‘mlik yo‘l qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarilgan bo‘lib, bu o‘tgan 2014 yilning shu davriga nisbatan 121,7 foizni tashkil etadi.

Investitsiya dasturiga muvofiq 2015 yilda141,6 kmuzunlikdagi umumiy foydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan. Tuzilgan shartnoma va tasdiqlangan rejaga muvofiq ilk yarim yillik yakunlari bo‘yicha 218,3 mlrd. so‘mlik yo‘l ishlari bajarilib,45,5 kmuzunlikdagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida hamda shahar ko‘chalarida “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan yo‘llarni mukammal ta'mirlashda 81,4 mlrd. so‘mlik ishlar amalga oshirilib,24,3 kmuzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari ta'mirlandi.

42654 kmuzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha 2015 yilning birinchi yarim yilligida 337,7 mlrd. so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Hisobot davri mobaynida tizim korxona va tashkilotlarida 180 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Top