19:43 / 24.07.2015
3093

Apple kompaniyasi Samsung dan bozorning 3 foizini tortib oldi

2015 yilning 2-choragi natijalariga ko‘ra, Samsung ning smartfonlar bozoridagi ulushi 2014 yilning 2-choragiga nisbatan 3,1 foizga, ya'ni 24,8 foizdan 21,7 foizga kamaygan. Bu haqda IDC hisobotida aytilmoqda.

Apple ning ulushi esa bir yil ichida 2,4 foizga oshib, 14,1 foizni tashkil qilgan. Samsung 73,2 mln ta, Apple esa 47,5 mln ta smartfon sotgan.

Shu bilan bir vaqtda Huawei, Xiaomi va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilar Xitoy smartfon bozorida talabning oshishi ortida savdolarining ancha oshganini namoyon qilmoqdalar. Huawei 29,9 mln dona qurilma, Xiaomi – 17,9 mln dona va Lenovo 16,2 mln dona smartfon sotgan hamda umumiy hisobda jahon bozorining 19 fozini egallagan. Qolgan kompaniyalar umumiy hisobda 152,5 mln ta smartfon sotgan.

Top