08:34 / 24.07.2015
4741

AQSh moliya vazirligida IShID neft sotishdan oyiga 40 mln dollar foyda olayotgani ma'lum qilindi

“IShID” terrorchilik guruhi bosib olgan yerlaridan olingan neftni sotishdan oyiga 40 mln dollar foyda olmoqda, deb aytdi AQSh moliya vazirining terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rinbosari Deniel Gleyzer.

Gleyzerning ta'kidlashicha, bu ma'lumot Suriyaning sharqida neft-gaz olinishini nazorat qilgan “IShID”ning yetakchilaridan biri Abu Saifning o‘limiga olib kelgan operatsiya tufayli oshkor etildi.

Gleyzerning aytishicha, guruhning oddiy jangarilari oyiga ming dollar maosh oladi.

Top