Jahon | 09:33 / 24.07.2015
16815
1 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama o‘z prezidentligi davridagi eng katta nadomati haqida aytdi

"Bi-bi-ci" jurnalisti AQSh prezidenti Barak Obama bilan suhbat uyushtirdi.

Bu suhbat davomida Obama o‘zining prezidentligi davrida aholining o‘z yonida qurol olib yurishini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun joriy etishga bo‘lgan urinishlari samarasiz yakunlanganini afsus bilan qayd etgan.

"Tan olish kerakki, fuqarolarning qurol olib yurishi borasidagi erkinliklari tufayli jinoyatchilik kuchayib, o‘n minglab kishilar o‘qotar qurollardan halok bo‘lgan", deydi prezident.

Uning ta'kidlashicha, AQShda 2001 yilning 11 sentabr kunidan keyingi muddat ichida teraktlar tufayli qurbon bo‘lganlar soni 100 kishidan oshmagani holda jinoyatchilik tufayli o‘n minglab kishilar o‘ldirilishi juda ko‘p hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish