11:13 / 24.07.2015
2834

Beton zavodi ishchilarinnig mushtlashuvi natijasida ishtirokchilardan biri shifoxonaga yotqizildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan beton ishlab chiqaruvchi zavodning ikki ishchisi o‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida ulardan biri shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda tuman IIB tergov bo‘limi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Rustam va Dilnur ismli yigitlar ish jarayonida o‘zaro suhbatlashib, hazillashib o‘tirishgan. Rustam Dilnurga hazillashib tosh bo‘lakchasini otgan. Bundan jahli chiqqan Dilnur do‘stini haqoratlagan.
Rustam o‘z navbatida uning yuziga musht tushirgan. Dilnur muvozanatni yo‘qotib, betondan qilingan ustunga yuztuban yiqilgan. U yiqilish chog‘ida jiddiy jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Rustam ustidan tegishli idoraga topshirilgan ariza asosda bu ish ko‘rib chiqilmoqda.

Top