Sport | 08:00 / 24.07.2015
1822
1 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin Bastaddagi turnirning chorak finalida Benua Perga qarshi o‘ynaydi

24 iyul kuni O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shvetsiyaning Bashtad shahrida davom etayotgan turnirning yakkalik bahsi chorak finalida kortga chiqadi. Kecha tunda uning yarim final yo‘lidagi raqibi nomi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda olamsport.uz nashri ma'lum qildi.

Mukofot jamg‘armasi 439.405 yevroni tashkil etuvchi musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun Denis fransiyalik Benua Perni mag‘lub etishi talab etiladi. Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 73, Per esa 62-o‘rinni egallab turibdi. Istomin - Per bahsi Toshkent vaqti bilan soat 17.30da boshlanadi.

Istomin Bashtad turnirining ilk davrasida argentinalik Diyego Shvartsmanni 6:3, 6:4, ikkinchi davrada ispaniyalik Nikolas Almagroni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish