“Darakchi” gazetasi taniqli xonanda Dildora Niyozova oxirgi paytlarda nega to‘ylarga takliflarni rad etayotganini ma'lum qildi.
Aytilishicha, ayni damda homilador bo‘lgan xonanda sentabr oyida farzand ko‘rishi kutilyapti. Bu vaqt orasida u “Ko‘rgim keladi” nomli yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Shuhrat Mavlonov rejissyorligidagi mazkur videoklip tez orada muxlislar e'tiboriga havola etiladi.