14:58 / 24.07.2015
2331

Dmitriy Shokin "Koreya Open" turnirida oltin medal sohibiga aylandi

Janubiy Koreyada Olimpiada o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro turnirda Dmitriy Shokin oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eng og‘ir vaznli (+87 kg) sportchilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbkekiston sharafini himoya qilgan amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin dunyoda tengsiz taekvondo ustasi ekanligini yana bir bor isbotladi. Hal qiluvchi bahsda u xorvatiyalik sportchini 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Milliy olimpiya qo‘mitasning xabariga ko‘ra, mazkur xalqaro turnirda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarda o‘zbekistonlik Sevinch Muhammadjonova ham oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Top