11:17 / 24.07.2015
7412

Foizga pul olaman deb, yillar mobaynida dugonasini aldab kelgan firibgar ayol fosh etildi

Sirg‘ali tumanida dugonasidan foizga pul olib, yillar davomida o‘z qarzini qaytarmay kelgan, 1973 yili tug‘ilgan Dilrabo Abdurahmonova qo‘lga olindi. U jabrlanuvchilardan olgan pullari egalariga qaytarildi. Bu haqda tuman IIB tergov bo‘limi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Abdurahmonovaning tengdoshi va dugonasi Zulfiya Islomboyeva unga 24 ming AQSh dollari miqdorida qarz bergan. Abdurahmonova unga oyiga 600 dollar foiz berishiga ishontirgan.

Bundan tashqari, qallob ayol 1988 yili tug‘ilgan sirg‘alilik Bobir Ibrohimovni ham aldab, Spark mashinasini “shapkasiz” olib berish bahonasida undan 32 mln so‘m olgan.
Oradan yarim yil o‘tgach, Abdurahmonova Ibrohimovga 2 550 dollar va 8.2 mln so‘m pulni qaytargan. Dugonasiga esa turli bahonalar bilan pullarni qaytarmay kelgan.
Oradan bir necha yillar o‘tgach, tanishib qolgan Ibrohimov va Islomboyevalar tegishli idoralarga murojaat qilishga qaror qilishdi. Natijada firibgar tez orada qo‘lga olinib, sudga tortildi. U qalloblik yo‘li bilan o‘zlashtirgan pullar egalariga qaytariladigan bo‘ldi.

Top