Jamiyat | 20:01 / 24.07.2015
12126
2 daqiqa o‘qiladi

Internet orqali tanishib, uchrashuvga chiqqan o‘smirlar janjallashib ketishdi

Yes-News nashrida internet orqali tanishib, ilk marta uchrashgan o‘smir yoshidagi xitoylik yigit va qizning o‘zaro janjallashib ketishgani haqida xabar yozildi.

Bu voqea guvohlaridan biri holat tasvirga olingan video lavhani You Tube portaliga joylashtirgan.

Lavha orqali ilk marta uchrashgan bu juflik bu uchrashuvgacha bir-birini aldab kelgani fosh bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Ma'lum bo‘lishicha, yigit va qiz internetga o‘z suratlarini qo‘ymagan, o‘smirlar bir-birlari haqida butunlay boshqacha tasavvurda uchrashuvga chiqishgan.

Natijada, dastlab qiz sumkasi bilan yolg‘onchi yigitni ura boshlaydi. Yigit esa atrofdagilarga o‘z telefonidagi suratlarni ko‘rsatib, o‘zi ham aldangani haqida gapiradi. Natijada ulardan qaysi biri ko‘proq aybdorroq ekani haqida bahs boradi. Janjal so‘ngida yigit qizni kuchli zarb bilan yerga qulatadi. Shundan so‘ng, ularning ikkisi ham ikki tomonga ketadi.